Videoklip jarayonida OIV infeksiyasini yuqtirib olgan fuqaroga OIV infeksiyasiga tekshiruvdan o’tish uchun testgacha va testdan keyingi maslahat sifatsiz o‘tkazilganligi, kasallikni kech aniqlanishi, o‘z vaqtida OITSga qarshi kurashish markazlarida daspanser nazoratga turmaganligi va davo choralari ko‘rilmaganligi sababli, fuqaroning vafoti hamda oilasining parokanda bo‘lishi kabi holatlar aks etgan.
Bunday holatlarni oldini olish va oilada sog‘lom muxit yaratish maqsadida;
OIV infeksiyasining profilaktikasiga amal qilinishi muhim!
Sog‘lom turmush tarziga, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishlari;
tasodifiy jinsiy aloqalardan saqlanishlari;
giyohvand moddalar iste’mol qilmasliklari;
o‘ziga nisbatan ishlatiladigan tibbiy va notibbiy aboblarning bir marotabaligi yoki zararsizlantirilganligiga e’tibor berishlari;
nikohgacha jinsiy aloqadan saqlanishlari;
nikohdan so‘ng umr yo‘ldoshiga vafodor bo‘lishlari muhim.
OIV infeksiyasi profilaktikasi uchun vaksina ishlab chiqilmagan !!!
Bilish muhim!!!
OIV infeksiyasi profilaktikasining yana bir muhim qismi bu-muloqotdan keyingi profilaktika (MKP) , bo‘lib:
agar Sizda, OIV infeksiyali va (yoki) statusi noma’lum shaxslar bilan himoyalanmagan jinsiy yaqinlik bo‘lsa,
noma’lum, ishlatilgan igna, shprislar teringizga kirib ketgan holatda
72 soatdan kechiktirmasdan OITSga qarshi kurashish markazlariga murojaat qiling.
Yakuniy tekshiruv xulosasiga ko‘ra, shuni yodda tutish zarur!
OIV infeksiyasi tasdiqlangan fuqaro (sir saqlangan holda) zudlik bilan doimiy yashash manzilidagi hududiy OITSga qarshi kurashish markazida dispanser nazoratiga olinib, belgilangan tartibda OIVga qarshi dori vositalari beriladi. Ushbu dori vositalari ta’sirida bemor organizmida viruslar soni kamayib, immunitet oshadi va OIV infeksiyasini o‘zidan boshqalarga yuqishini oldi olinadi. Bemorni hayot tarzi yaxshilanib, umri uzayadi.
OIV infeksiyali fuqarolar hududiy OITSga qarshi kurashish markazida shifokor tavsiyasiga amal qilib, doimiy dispanser nazoratida kelishlari, OIV ga qarshi dori-vositalarini muntazam o‘z vaqtida qabul qilishlari, sog‘lom turmush tarziga va shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishlari, himoyalangan holda jinsiy hayot kechirishlari zarur.
OIV infeksiyasi 3 xil yo‘l bilan yuqadi:
Qon orqali – zararsizlantirilmagan tibbiy va notibbiy (tish cho‘tkasi, soqol olish anjomi, teri qoplami butunligini buzib bajariladigan muolajalarda) asboblardan foydalanilganda, OIV bilan zararlangan qon va uning tarkibiy qismlari quyilganda, giyohvandlar zararsizlantirilmagan shprislardan umumiy foydalanganda,
Jinsiy yo‘li - (himoyalanmagan jinsiy aloqa orqali)
Vertikal yo‘l - (OIVBYa onadan bolaga o‘tishi) – (homiladorlik davrida -yo‘ldosh orqali), tug‘ruq jarayonida (ona qoni orqali), ona suti orqali.
OIV infeksiyasi odam organizmiga tushgandan so‘ng, yillar davomida odamning immun tizimiga sekin kirib borib, o‘zi bilmagan holda virusni boshqalarga yuqtirib yuradi.
OIV davrining so‘nggi bosqichi OITS-Ortirilgan Immunitet Tanqisligi Sindromi (kasallikning o‘ziga xos klinik belgilari shakllangan) davriga o‘tadi.
OIV infeksiyasini yuqtirib olgan odamda quyidagi dastlabki belgilar paydo bo‘ladi:
Sababsiz: - tana haroratining ko‘tarilishi, ich ketishi (1oydan ortiq), yo‘tal (1oydan ortiq), sababsiz tana vaznining 10% dan ortiq ozishi, o‘mrov va qo‘ltiq osti sohasidagi limfa tugunlarining kattalashuvi.
OIV infeksiyasi odam organizmida quyidagi biologik suyuqliklarda uchrayda:
Qonda, jinsiy a’zo suyuqliklarida, ko‘krak sutida
OIV qaysi holatlarda yuqmaydi?
Qo‘l berib ko‘rishganda, yo‘talganda, aksa urganda, telefon, basseyn, hammom, hojatxonadan, idish-tovoqlardan, kiyim-kechak va ko‘rpa-to‘shaklardan umumiy foydalanilganda
OIV infeksiyasi: qaynatilganda - 100 gradusda - 1-2 daqiqada halok bo‘ladi,
0.5 % xlorli dezinfeksion vositalarda faolsizlanadi, quritilganda 22
gradusda 6 kungacha saqlanadi, ultrabinafsha va quyosh nurlariga chidamsiz.
RizaNova ilovasini yuklab oling @ rizanova.uz/apps
Obuna bo'ling @ youtube.com/RizaNovaUZ
RizaNova @ Instagram instagram.com/RizaNovaUZ
コメント